類似的歌曲
積分
AUSFÜHRENDE KÜNSTLER:INNEN
AbroBey
Künstler:in
KOMPOSITION UND LIEDTEXT
Yevgeniy Voyshyev
Komponist:in
Abror Tursunniyozov
Texte
歌詞
Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik — eng ulug' ne'matmi?
Yo'qmi inson qiymati?!
Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik — eng ulug' ne'matmi?
Yo'qmi inson qiymati?!
O'ylab qolaman, o'tkinchi olam
Mol-dunyoga buncha o'ch bu odam?
Cho'ntak bo'sh bo'lsa bosma qadam
Mensimasdan qarar ko'z qiridan
Sezmay qolaman, aldaydi odam
Qo'rqmaydi, harom non yer hiyladan
Maqsad — sotish, hatto sotuvda badan
Tavba qil, qo'rq olov taftidan
Unutma, ey inson, bu — foniy dunyo
Bo'lma razil, tushdamassan, bu — ro'yo
O'ylaysan hammasi yaxshidek go'yo
Sen sabab yo haq, yo nohaq bu dunyo
Tuzilgan shunaqa "qora dastur"
Piyodasan, yo'qmi moshina — ozgina past tur
Boy kasal bo'lsa, do'xtirlar hammasi g'amxo'r
Kambag'alning joni og'risa, "Navbatda jim tur!"
Bo'lsa boldi bitta yangi iPhone
O'tdi vaqt maqsadsiz, doim birga shayton
Qora Gentra, 3-4 so'm pul, ol senga maydon
Tulki, bo'ri, ilon — o'zi shularmi hayvon?
Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik — eng ulug' ne'matmi?
Yo'qmi inson qiymati?!
Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik — eng ulug' ne'matmi?
Yo'qmi inson qiymati?!
Tan olaman, ko'p narsa bog'liq pulga
Suzmayman, mayli, qarshi oqimga
Kechib ketdi bir chaqa deb, og'ir botdi dilga
Bor bog'liq narsalar — pulgamas, ko'ngilga
Aytaman bitta gapni o'sha boy zo'rlarga
Savol-javob bitta joyda, sen va pulga zorlarga
Sevgandim — berishmadi, do'stman qora tunlarga
Yor-yor bilan ketdi qasri borlarga
O'ylab qolaman, o'tkinchi olam
Mol-dunyoga buncha o'ch bu odam?
Cho'ntak bo'sh bo'lsa bosma qadam
Mensimasdan qarar ko'z qiridan
Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik — eng ulug' ne'matmi?
Yo'qmi inson qiymati?!
Dunyo
Written by: Abror Tursunniyozov, Yevgeniy Voyshyev